TGViewer
Uzinfocom Open Source Uzinfocom Open Source @uzinfocom_oss · 336 subscribers
Post #63 1.15K
E-IMZO servisining nixpkgs’dagi muammolari bartaraf etildi!

yt.uz tomonidan ishlab chiqilgan va orqa fonda ishlovchi E-IMZO servisi har doim quyidagi havola orqali yuklab olinadi:
https://dls.yt.uz/E-IMZO-v4.71.tar.gz

Ammo muammo shundaki, yangi versiya chiqqach (masalan, v4.73), eski v4.71 havolasi yo‘qoladi — bu esa GitHub CI/CD tizimlarining ishdan chiqishiga va ayniqsa, har 6 oyda chiqadigan NixOS’ning nixpkgs kolleksiyasida muammolarga sabab bo‘ladi. Chunki kerakli fayl topilmaydi va paket qurilishi to‘xtaydi.

Bu muammoni hal qilish uchun Xinux jamoasi nomidan barcha E-IMZO relizlarini shaxsiy CDN serverimizda doimiy ochiq tarzda joylashtirishni boshladik.

Endi foydalanuvchilar NixOS yoki Xinux’da har safar yangi versiya chiqishini kutmasdan, mavjud relizlar bilan barqaror ishlashda davom etishlari mumkin. Har 6 oyda chiqadigan yangi versiyalar (masalan, 25.11) uchun ham nixpkgs dagi paketlar Xinux jamoasi tomonidan o‘z vaqtida yangilanib boriladi.

Shuningdek, yangilanishlar paytida yuzaga kelgan texnik xatoliklar ham to‘liq bartaraf etildi.

E-IMZO servisini .jar formatida yuklab olish (v4.73):
https://cdn.xinux.uz/e-imzo/

nixpkgs orqali yuklab olish (v4.73): https://search.nixos.org/packages?channel=25.05&show=e-imzo&query=e-imzo
  • 🔥 5
  • 👍 3
More from @uzinfocom_oss
  1. Jul 8, 2026Xinux 26.05 Nashri Bugun butun Xinux jamoasi fahr ila yangi Xinux versiyasini nashr qilgan…
  2. Jun 27, 2026Forgejo orqali loyihalarimizga hissa qo‘shing! Open Source loyihalarimiz uchun asosiy Git…
  3. Mar 29, 2026Uzinfocom Open Source jamoasi tomonidan chiqarilgan uchar messenjerini ishlatib koʻrishila…
  4. Jan 22, 2026Yaqin kunlarda Xinuxʼda boʻlayotgan oʻzgarishlar: - GNOME oʻzbek tili tarjimalari boʻyicha…
  5. Dec 12, 2025Uzinfocom Open Source pinned a photo
  6. Dec 12, 2025Xinux 25.11 stabil versiyasi tayyor! 🎉 Xinux operatsion tizimi — kundalik hayotda kerak b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →