📣 “Sen iste’dodlisan” tanlovi — iste’dodingizni namoyon etish vaqti!
🏛 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovini tashkil etmoqda.
👥 Kimlar ishtirok etadi?
Inklyuziv sinflarda yoki uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3–9-sinf o‘quvchilari o‘z sinfidagi tengdoshi bilan juftlikda qatnashadi.
📋 O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang:
🎙 Estrada-vokal yoki an’anaviy ijrochilik — qo‘shiqni yoddan, jonli ijro eting.
🎨 Tasviriy san’at — “Mening dunyoyim” mavzusida tasavvur va orzularingizni ranglarda ifodalang.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentabr — 5-oktabr. (Arizalar 5-oktabr kuni ham qabul qilinadi.)
📩 Ishtirok etish uchun:
👉 @sen_iste_dodlisan_bot
O‘z iste’dodingizga ishoning va uni namoyon eting!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Post #45765
15.6K