#Йил_ўқитувчиси
"Yil o‘qituvchisi" tanlovida g‘olib bo‘lganimni eshitib, ustozim "Sening yutug‘ing — bu tanlovda o‘zim o‘rin olganimdan ziyodaroq" dedi..."
Inomjon Primov — Uzun tumanidagi 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi. Shifokorlar oilasida voyaga yetgan Inomjon Primov yoshligidan geografiyaga qiziqdi va o‘z kasbini aynan shu fandan topdi.
✍️ Ustoz 14 yillik mehnati davomida 100 ga yaqin shogird tayyorladi. Ularning aksariyati geografiya yo‘nalishini tanlab, oliy ta’limga kirdi. Ayrim shogirdlari esa bugun o‘zi bilan hamkasb bo‘lib ishlamoqda.
➖ Inomjon Primov “Yil o‘qituvchisi” tanlovida 2017-yilda respublika bosqichida ishtirok etgan, 2019-yilda esa 3-o‘rinni egallagan. 2020-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
🌐 Videolavhada shu haqida.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin