TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45762 4.1K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratishda Bobur shahri muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

To‘rt ming gektar qir-adirda barpo etilayotgan shahardagi qulay uylarga 25 ming aholi ko‘chib o‘tdi. Yana 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi boshlandi.

Bu yerda savdo komplekslari, biznes markazlari, mehmonxonalar, xususiy ta’lim, tibbiyot va sport obyektlarini barpo etish istagidagi tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Bunday obyektlarda investitsiyaning qaytish muddati uzoqligini inobatga olib, yerning boshlang‘ich narxini uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan yerlarga nisbatan ikki barobar arzon belgilashga rozilik bildirildi. Yerlarni yangi shartlarda auksionga qo‘yish topshirildi.

Andijon shahridagi Bobur shoh ko‘chasida ko‘prik ishga tushirildi.

Kelgusi yil Milliy tiklanish va Navoiy, O‘zbekiston va Bobur, Amir Temur va “Yangi aylanma yo‘li” ko‘chalari kesishmalarida yana uchta yirik yo‘lo‘tkazgich quriladi. Asaka tumanining markazini aylanib o‘tuvchi ko‘prik ham ishga tushiriladi.

Facebook|Instagram|X
More from @uzedu
  1. Sep 24, 2026📣 “Sen iste’dodlisan” tanlovi — iste’dodingizni namoyon etish vaqti! 🏛 Maktabgacha va ma…
  2. Sep 24, 2026#Xorijiy_tillar ⏰ Maktablardagi xorijiy mutaxassislar — Raqamlar, dars jarayonlari va o‘qu…
  3. Sep 24, 2026Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun alohida moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlar yarat…
  4. Sep 24, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri…
  5. Sep 24, 2026#Surxondaryo #Йил_ўқитувчиси "Yil o‘qituvchisi" tanlovida g‘olib bo‘lganimni eshitib, usto…
  6. Sep 24, 2026BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →