TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45725 5.84K
#Kasbiy_mahorat_yetakchisi_tanlovi

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan "Kasbiy mahorat yetakchisi"  tanlovi g‘olibi aniqlandi

Gʻolib 616 mln soʻm miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi

✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga koʻra, joriy yilning sentabr oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi tashkil etildi.

➖ Unda hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari ishtirok etdi hamda ularning kasbiy faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.

📊 Tanlovning dastlabki bosqichida maxsus Ishchi guruh aʼzolari tomonidan ishtirokchilarning faoliyat natijalari toʻrtta yoʻnalish boʻyicha tahlil qilindi. Xususan:

➡️nomzodlarning oʻz hududida taʼlim sifatini oshirish;
➡️Pedagogik mahorat markazlarida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash;
➡️zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish;
➡️markazlarni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi boʻyicha erishilgan natijalar koʻrib chiqildi.

👉 Keyingi bosqichda nomzodlar Tanlov komissiyasi aʼzolari ishtirokida loyiha ishi boʻyicha oʻz taqdimotlarini oʻtkazishdi. Ikki bosqich sinov natijalari umumiy 100 ballik reyting asosida baholandi.

Tanlov komissiyasining yakuniy xulosasiga koʻra, eng yuqori natija koʻrsatgan:

➖ Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Berdaliyeva Gulasal Abdukunduzovna “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi gʻolibi, deb topildi.

👉 Qarorga asosan, tanlov gʻolibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari miqdori (hozirda 616 mln soʻm)dagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
More from @uzedu
  1. Sep 22, 2026#Namangan #Йил_ўқитувчиси "Sovrini bunchalik katta bo‘lgan tanlovni birinchi marta ko‘rish…
  2. Sep 22, 2026#Samarqand #Maktabgacha_taʼlim ✅MTT guruh xonalarida 5 ta rivojlanish markazini tashkil et…
  3. Sep 22, 2026#Andijon #Yil_oʻqituvchisi ⏰ "Ilk bora o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida birinchi q…
  4. Sep 22, 2026#Qashqadaryo #Bayram_shukuhi 📊 24 nafar pedagog 1000$ dan ortiq maosh olib kelayotgan mak…
  5. Sep 22, 2026#Videoinfografika #Jihozlash 📊 2026-yil davomida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’…
  6. Sep 22, 2026🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →