#Maktabgacha_taʼlim
✅MTT guruh xonalarida 5 ta rivojlanish markazini tashkil etish bo’yicha namunaviy video yo’riqnoma ishlab chiqildi
🔹Unda quyidagi markazlarni tashkil etish, jihozlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi:
➡️Qurish, konstruksiyalash va matematika;
➡️Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish;
➡️Til va nutq;
➡️Fan va tabiat;
➡️San’at.
❗️Muhim! Video yo‘riqnoma tavsiyaviy xususiyatga ega. MTT pedagoglari “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi, bolalarning ehtiyojlari, guruh xonasi imkoniyatlari va mavjud resurslardan kelib chiqib, rivojlanish markazlarini ijodiy tashkil etishlari mumkin.
🗣Asosiy maqsad — har bir bola mustaqil tanlov qilishi, izlanishi, o‘ynashi va ijod qilishi uchun qulay rivojlantiruvchi muhit yaratish.
➡️Video yo‘riqnoma Samarqand shahridagi 67-sonli davlat MTTda tasvirga olindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin