TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45717 23.4K
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.

Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.

Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi.


Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
More from @uzedu
  1. Sep 22, 2026#Namangan #Йил_ўқитувчиси "Sovrini bunchalik katta bo‘lgan tanlovni birinchi marta ko‘rish…
  2. Sep 22, 2026#Kasbiy_mahorat_yetakchisi_tanlovi 📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan…
  3. Sep 22, 2026#Samarqand #Maktabgacha_taʼlim ✅MTT guruh xonalarida 5 ta rivojlanish markazini tashkil et…
  4. Sep 22, 2026#Andijon #Yil_oʻqituvchisi ⏰ "Ilk bora o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida birinchi q…
  5. Sep 22, 2026#Qashqadaryo #Bayram_shukuhi 📊 24 nafar pedagog 1000$ dan ortiq maosh olib kelayotgan mak…
  6. Sep 22, 2026#Videoinfografika #Jihozlash 📊 2026-yil davomida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →