✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 28 ta tuman (shahar)idagi belgilangan 84 ta umumtaʼlim maktabida “Mohirlik va biznes soatlari” mashgʻulotlari oʻtilmoqda.
➖ Bunda oʻquvchilar startap gʻoyalarni shakllantirish, biznes loyihalar ishlab chiqish hamda innovatsion fikrlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.
➖ Mashgʻulotlarga Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari jalb etilgan hamda bunda oʻquvchilarga oʻz gʻoyalarini amaliy loyihaga aylantirish boʻyicha koʻnikmalar berib borilmoqda.
🔹 Shuningdek, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarga zamonaviy va samarali yechimlar topish hamda kelgusida oʻz startap loyihalarini shakllantirishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
👉 Foto: Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi 43-umumtaʻlim maktabida tashkil etilgan mashgʻulot jarayonlaridan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin



