Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida
Ustozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.
Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.
Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga munosib. Bu e’tiborni har bir pedagog o‘z hayoti va faoliyatida his etishi uchun mas’ulmiz. Ularning mehnatini munosib qadrlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifamizdir.
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Post #45705
7.55K
Forwarded from E’zoza Karimova