O‘quvchilar mehrini qozongan ustoz
Ustozning mahorati bolani darsga jalb eta olishida, murakkab mavzuni tushunarli yetkazishida, har bir o‘quvchining imkoniyatini yuzaga chiqarishida namoyon bo‘ladi. Bunday natijaga erishish pedagogdan o‘zi ham o‘rganishdan to‘xtamaslikni, har bir darsga puxta tayyorlanishni talab etadi.
“Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘olib bo‘lgan qahramonimiz faoliyatida shu talabchanlik va izlanish mujassam. Ushbu videoda ustozning kasbiga sadoqati, bolalar bilan ishlash uslubi va g‘alabaga olib kelgan mehnati haqida so‘z boradi.
Abduqodirova Dilshodabonu — Toshkent shahri Mirobod tumani bo‘yicha “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin