TGViewer
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu · 105K subscribers
Post #45742 14.6K
#qonunchilik_hujjatlari

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli qaroriga muvofiq:

👉 2027-yil 1-yanvardan boshlab — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida:

➖ 1–4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish boʻyicha boshlangʻich mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi;

➖ oʻquvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi;

➖ tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;

➖ mashgʻulotlar tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.

👉 Shuningdek, qaror bilan:

🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari:

🥇oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
🥈kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari;
🥉bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari miqdorda bir martalik;


🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

🥇oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
🥈kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
🥉bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi
.

Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
More from @uzedu
  1. Sep 23, 2026#Qashqadaryo #Йил_ўқитувчиси “O’quvchilarimning “Biz ham sizday ustoz bo‘lishni istayman”…
  2. Sep 23, 2026#Maktabgacha_taʼlim 📚Samarqanddagi 897 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga 10 turdagi o‘qu…
  3. Sep 23, 2026#Биз_зўравонликка_қаршимиз Maktablarda zo'ravonlikning oldini olish maqsadida qanday ishla…
  4. Sep 23, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashki…
  5. Sep 23, 2026#Toshkent_viloyati #Йил_ўқитувчиси "Natijalar chiqqanda "Dada, yutdim" deb telefon qildim.…
  6. Sep 23, 2026🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi av…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →