💠 Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi hamda WMC Group vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi
Joriy yilning 28-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi janob Toyvo Klaar, WMC Group kompaniyasi rahbariyati vakillarining uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, Niderlandiyaning Oʻzbekistonning togʻ-kon va mineral resurslar sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.
WMC Group vakillari kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimot qilishdi.
Shuningdek, muloqotda kelgusi hamkorlik istiqbollari, yangi loyihalarni amalga oshirishdagi imkoniyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
🔹 🔹 🔹
💠 Состоялась встреча с Послом Европейского Союза в Узбекистане и представителями WMC Group
28 сентября текущего года состоялась встреча заместителя министра горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан У. Юсупова и ответственных лиц министерства с Послом Европейского Союза в Республике Узбекистан господином Тойво Клааром и представителями руководства компании WMC Group.
В ходе встречи состоялся обмен мнениями по приоритетным направлениям сотрудничества между Европейским Союзом и Узбекистаном в горнодобывающей и геологической сферах, а также по инициативам Нидерландов, направленным на развитие торгово-экономического сотрудничества в области горной добычи и минеральных ресурсов Узбекистана.
Представители WMC Group провели презентацию о деятельности компании в Узбекистане, текущей работе и реализуемых в нашей стране проектах.
Также в ходе диалога были обсуждены перспективы дальнейшего сотрудничества, возможности реализации новых проектов и другие вопросы.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #Yevropa_ittifoqi #WMC_Group #loyihalar #investitsiyalar #uchrashuv
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Post #24374
1.37K



