TGViewer
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology @uzdavgeolcom · 12.4K subscribers
Post #24431 1.25K
💠 YTTB konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda
 
Joriy yilning 5 – 9-oktabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki konsultantlari ishtirokida yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati, yer qa’ridan foydalanish, litsenziyalash yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashinuvini amalga oshirish va boshqa muhim masalalarga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Seminarda vazirlik markaziy apparati, tizimosti korxona va tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari qatnashmoqda.
 
Tadbirni vazir o‘rinbosari R.Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi, u o‘z nutqida soʻnggi yillarda sohada olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – yer qaʼridan foydalanishda ochiq, shaffof va investorlar uchun jozibador muhit yaratish ekanligini alohida ta’kidladi.
 
“Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonunning qoʻllanilishi nomli sessiyada qabul qilingan qonun doirasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan yer qaʼridan foydalanish huquqini berish, yaʼni litsenziyalash tartibi taqdimotlar asosida batafsil koʻrib chiqildi.
 
Ertaga 6-oktabr kuni Tog‘-kon loyihasi bosqichlari (investitsiya va moliyalashtirish) hamda Sanoat uchun muhim minerallar loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi mavzular muhokama qilinadi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Ташкенте проходит семинар с участием консультантов ЕБРР
 
В период с 5 по 9 октября текущего года в Ташкенте организован семинар с участием консультантов Европейского банка реконструкции и развития. Мероприятие посвящено сути и значению Закона Республики Узбекистан «О недрах» в новой редакции, обмену международным опытом в сферах недропользования и лицензирования, а также другим важным вопросам. В семинаре принимают участие руководители и ответственные сотрудники центрального аппарата министерства, а также подведомственных предприятий и организаций.
 
Мероприятие вступительным словом открыл заместитель министра Р. Юсупов. В своей речи он особо подчеркнул, что главной целью реформ, проводимых в отрасли в последние годы, является создание открытой, прозрачной и привлекательной для инвесторов среды в сфере недропользования.
 
На сессии, посвященной применению Закона «О недрах», на основе презентаций был подробно рассмотрен порядок предоставления права пользования недрами (лицензирования) и другие нормативно-правовые акты, разработанные в рамках принятого закона.
 
Завтра, 6 октября, будут обсуждаться такие темы, как этапы горнодобывающего проекта (инвестиции и финансирование), а также привлечение иностранных инвестиций в проекты по добыче критически важных для промышленности минералов.

#kongeologiya #mingeo #YTTB #seminar #xalqaro_hamkorlik #YQFM #GFU #Yer_qari_togrisidagi_qonun

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
More from @uzdavgeolcom
  1. Oct 5, 2026🗣No comment: YTTB konsultantlari ishtirokidagi seminar 🔹 🔹 🔹 🗣No comment: Семинар с у…
  2. Oct 5, 2026💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Ummon Sultonligida qator ishbilarmonl…
  3. Oct 5, 2026💠 Saudi Geological Survey vakili Mustafa Makki joriy yilning sentabr oyida Toshkentda o‘t…
  4. Oct 5, 2026Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology pinned a v…
  5. Oct 5, 2026🟦🟦🟩🟩 Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar 🟢Qashqa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →