TGViewer
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology @uzdavgeolcom · 12.4K subscribers
Post #24425 746
💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Ummon Sultonligida qator ishbilarmonlik uchrashuvlarida ishtirok etdi
 
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi delegatsiya bilan birgalikda Ummonning “Minerals Development Oman” (MDO) kompaniyasi vakillari bilan istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish, shuningdek, qimmatbaho minerallarni o‘zlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
 
Xorijga xizmat safari davomida “Tasnim Group” kompaniyasi bilan muhim minerallar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistondagi istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini birgalikda amalga oshirish hamda yangi investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Ummon Sultonligining Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat va investitsiyalarni ilgari surish vazirligi, Maxsus iqtisodiy zonalar va erkin zonalar davlat boshqarmasi, “Nine Business Company LLC”, “Oman Trade Establishment”, “OQ”, “Al Zubair Corporation LLC” hamda “Asyad Group” vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, soha yo‘nalishlariga ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirish muhim ekanligi ta’kidlandi.

🔹 🔹 🔹

💠 Представители Министерства горнодобывающей промышленности и геологии приняли участие в ряде деловых встреч в Султанате Оман
 
Заместитель министра горнодобывающей промышленности и геологии Р. Юсупов совместно с делегацией Республики Узбекистан обсудил с представителями оманской компании «Minerals Development Oman» (MDO) вопросы сотрудничества в области организации геологоразведочных работ на перспективных площадях, а также освоения драгоценных минералов.
 
В ходе зарубежной командировки были проведены переговоры с компанией «Tasnim Group» по вопросам развития сотрудничества в сфере критически важных минералов, совместного проведения геологоразведочных работ на перспективных участках в Узбекистане и запуска новых инвестиционных проектов.

Вместе с тем были проведены встречи с представителями Торгово-промышленной палаты Султаната Оман, Министерства экономики, Министерства торговли, промышленности и продвижения инвестиций, Государственного управления специальных экономических зон и свободных зон, а также компаний «Nine Business Company LLC», «Oman Trade Establishment», «OQ», «Al Zubair Corporation LLC» и «Asyad Group».

В ходе встреч стороны подчеркнули важность развития взаимовыгодного сотрудничества в горнодобывающей отрасли и геологии, а также продолжения практического взаимодействия по привлечению передовых технологий и инвестиций в эти направления.

#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #Ummon_Sultonligi #geologiya_qidiruv_ishlari #investitsiyalar #loyihalar #sanoat_uchun_muhim_minerallar #Nine_Business_Company_LLC #Oman_Trade_Establishment #OQ #Al_Zubair_Corporation_LLC #Asyad_Group

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
More from @uzdavgeolcom
  1. Oct 5, 2026🗣No comment: YTTB konsultantlari ishtirokidagi seminar 🔹 🔹 🔹 🗣No comment: Семинар с у…
  2. Oct 5, 2026💠 YTTB konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda Joriy yilning 5 – 9-oktabr kunlar…
  3. Oct 5, 2026💠 Saudi Geological Survey vakili Mustafa Makki joriy yilning sentabr oyida Toshkentda o‘t…
  4. Oct 5, 2026Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology pinned a v…
  5. Oct 5, 2026🟦🟦🟩🟩 Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar 🟢Qashqa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →