💠 Navoiyda VII Xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi
2026-yil 25–26-sentabr kunlari Navoiy shahrida “Zarafshon mintaqasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida VII Xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Anjumanda O‘zbekiston olim va mutaxassislari, shuningdek, 12 ta xorijiy davlatdan 40 nafarga yaqin vakil ishtirok etdi. Unda texnologik modernizatsiya, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish, geologiya va konchilikni rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Birinchi kun yakunlari bo‘yicha OAV vakillari uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalistlarning savollariga javob berilib, anjumanning asosiy natijalari va amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Ikkinchi kuni ishtirokchilar Muruntov koni va 7-gidrometallurgiya zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
🔹 🔹 🔹
💠 В Навои состоялась VII Международная научно-техническая конференция
25–26 сентября 2026 года в Навои состоялась VII Международная научно-техническая конференция «Комплексное инновационное развитие Зарафшанского региона: достижения, проблемы и перспективы», организованная АО «НГМК», Навоийским государственным горно-технологическим университетом и партнёрскими организациями.
В мероприятии приняли участие учёные и специалисты Узбекистана, а также около 40 представителей из 12 зарубежных стран. Обсуждены вопросы технологической модернизации, внедрения цифровых технологий и искусственного интеллекта, развития геологии и горнодобывающей промышленности, повышения ресурсоэффективности и укрепления взаимодействия науки, образования и производства.
По итогам первого дня для представителей СМИ была организована пресс-конференция с участием руководителей и специалистов АО «НГМК» и Навоийского государственного горно-технологического университета. Участники ответили на вопросы журналистов и рассказали об основных результатах и практической значимости конференции.
Во второй день участники посетили карьер Мурунтау и Гидрометаллургический завод № 7, где ознакомились с производственными процессами и реализуемыми проектами.
#kongeologiya #mingeo #Navoiy #NKMK #NDKTU #xalqaro_anjuman #ilm_fan #innovatsiya #raqamli_texnologiyalar #suniy_intellekt #Muruntov
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Post #24348
1.17K









