💠 O‘zbekiston delegatsiyasi MDH davlatlari Hukumatlararo kengashining XXIX sessiyasida ishtirok etdi
2026-yil 24–25-sentabr kunlari Minsk shahrida MDHga a’zo davlatlarning Yer qa’rini qidirish, undan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy va ruda geologiyasi bo‘limi rahbari Nafisa Dulabova boshchiligida ishtirok etdi.
Sessiyada Hukumatlararo kengashning 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan Istiqbollar rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda geologik tadqiqotlar, raqamli geologik xaritalarni yaratish hamda yagona milliy geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish borasida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdi.
Sessiya ishtirokchilari yer qa’rini geologik o‘rganish, sohani raqamlashtirish va MDH davlatlari geologik xizmatlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashdilar.
🔹 🔹 🔹
💠 Делегация Узбекистана приняла участие в XXIX сессии Межправительственного совета стран СНГ
24–25 сентября 2026 года в Минске состоялась XXIX сессия Межправительственного совета по разведке, использованию и охране недр государств — участников СНГ.
В работе заседания приняла участие делегация Узбекистана во главе с руководителем отдела региональной и рудной геологии Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Нафисой Дулабовой.
На сессии был представлен отчет о работе, проведенной в рамках Перспективного плана Межправительственного совета на 2023–2030 годы.
Представители Узбекистана также выступили с докладами о результатах проводимой в республике работы в области геологических исследований, создания цифровых геологических карт и формирования единой национальной базы геологических данных.
Участники сессии обменялись опытом по актуальным направлениям геологического изучения недр, цифровизации отрасли и развитию информационного взаимодействия между геологическими службами государств СНГ.
#kongeologiya #mingeo #xalqaro_hamkorlik #MDH #Hukumatlararo_kengash #geologik_tadqiqotlar #yer_qaridan_foydalanish #milliy_geologik_malumotlar_bazasi #raqamli_geologik_xaritalash
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Post #24341
1.14K






