TGViewer
Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology @uzdavgeolcom · 12.4K subscribers
Post #24333 2.24K
💠 Toshkent viloyatida “MinGeoMod 2026” xalqaro olimpiadasi boshlandi

Bugun, 28-sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Geolog” oromgohida kon-geologiya sohasida modellashtirish bo‘yicha “MinGeoMod 2026” Toshkent xalqaro olimpiadasi boshlandi.

Olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Micromine Australia kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan.

Ikki kun davomida ishtirokchilar nazariy testlardan o‘tib, geologiya-qidiruv ma’lumotlari bilan ishlash, geologik, karkasli va blokli modellarni yaratish, shuningdek blokli modelda oltin miqdorini baholash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajaradilar.

Olimpiadaning yakuniy bosqichida ishtirokchilar kompleks loyiha ustida ishlaydi, yaratilgan modellarni namoyish etadi hamda o‘z ishlarini hakamlar hay’ati oldida himoya qiladi. Yakunda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

“MinGeoMod 2026” yosh mutaxassislar va talabalar o‘rtasida zamonaviy geologik modellashtirish texnologiyalarini o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda tajriba almashishga xizmat qiladi.

🔹 🔹 🔹

💠 В Ташкентской области стартовала международная олимпиада MinGeoMod 2026

Сегодня, 28 сентября, в лагере «Геолог» Бостанлыкского района Ташкентской области стартовала Ташкентская международная олимпиада по моделированию в горно-геологической отрасли MinGeoMod 2026 с использованием программного обеспечения Micromine GGIS.

Олимпиада организована Министерством горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан, Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и представительством компании Micromine Australia в Узбекистане.

В течение двух дней участники пройдут теоретическое тестирование и выполнят практические задания по работе с геологоразведочными данными, созданию геологических, каркасных и блочных моделей, а также оценке содержания золота в блочной модели.

Завершающим этапом станет выполнение комплексного проекта, демонстрация созданных моделей и защита работ перед членами жюри. По итогам олимпиады состоится награждение победителей.

MinGeoMod 2026 направлена на развитие практических навыков геологического моделирования, освоение современных цифровых технологий и обмен опытом между молодыми специалистами и студентами горно-геологического направления.

#kongeologiya #mingeo #MinGeoMod2026 #xalqaro_olimpiada #GFU #Micromine_Australia #Geolog #Bostonliq_tumani

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
More from @uzdavgeolcom
  1. Oct 5, 2026🗣No comment: YTTB konsultantlari ishtirokidagi seminar 🔹 🔹 🔹 🗣No comment: Семинар с у…
  2. Oct 5, 2026💠 YTTB konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda Joriy yilning 5 – 9-oktabr kunlar…
  3. Oct 5, 2026💠 Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillari Ummon Sultonligida qator ishbilarmonl…
  4. Oct 5, 2026💠 Saudi Geological Survey vakili Mustafa Makki joriy yilning sentabr oyida Toshkentda o‘t…
  5. Oct 5, 2026Kon-geologiya vazirligi | Мингеологии | Ministry of Mining Industry and Geology pinned a v…
  6. Oct 5, 2026🟦🟦🟩🟩 Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar 🟢Qashqa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →