TGViewer
UzCSD | Markaziy depozitariy UzCSD | Markaziy depozitariy @uzcsd · 8.54K subscribers
Post #4243 1.69K
✍✍✍✍✍✍✍

«Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ Cbonds’ning «O‘zbekiston kapital bozori» konferensiyasida


17-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston kapital bozoriga bag‘ishlangan Cbonds VIII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekiston bozori: asosiy o‘zgarishlar va rivojlanish istiqbollari» nomli yalpi sessiyada «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ Bosh direktori Sherali Abdujabbarov — «Toshkent» fond birjasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, KAP DEPO hamda boshqa institutlar vakillari bilan birgalikda ishtirok etdi.

Tadbir davomida tartibga solish sohasidagi asosiy o‘zgarishlar, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya muhiti hamda kapital bozorining iqtisodiyot o‘sishini moliyalashtirishdagi roli muhokama qilindi. Markaziy depozitariy bosh direktori o‘z nutqida depozitariyning hisob-kitob infratuzilmasini rivojlantirishning hozirgi bosqichi, uni yanada modernizatsiya qilish va xalqaro amaliyotga integratsiya qilish vazifalari, shuningdek, Markaziy depozitariyning O‘zbekiston kapital bozoriga investorlarning ishonchini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi.

Konferensiya haqida batafsil ma'lumot bilan bizning veb-saytimizda tanishishingiz mumkin.

#Cbonds

RU🇷🇺 EN🇬🇧

📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
  • ❤ 8
  • 👏 6
  • 🎉 1
  • 😍 1
  • 🤝 1
More from @uzcsd
  1. Sep 21, 2026Post #4250
  2. Sep 18, 2026🔐Ochiqlik va shaffoflik — korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili Markaziy depozita…
  3. Sep 18, 2026✍✍✍✍✍✍✍ O‘zbekiston Markaziy depozitariysi — Davlat aktivlarini boshqarish xalqaro forumid…
  4. Sep 17, 2026✍️✍️✍️✍️ 🔝2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi (Obliga…
  5. Sep 16, 2026✅Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-y…
  6. Sep 16, 2026✍️✍️✍️✍️ 🔝2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi (Aksiya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →