✍️✍️✍️✍️
🔝2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi (Obligatsiyalar kesimida)
📊 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari bo‘yicha investitsiya vositachilarda hisobga olingan yuridik va jismoniy shaxs mijozlar hisobvaraqlarida obligatsiyalarning nominali bo'yicha umumiy qiymati 5,5 trln so‘mni tashkil etdi.
⏺Mijozlarning hisobda turgan obligatsiyalari umumiy qiymati bo‘yicha “ALKES RESEARCH” (1 735,20 mlrd so‘m) va “FREEDOM FINANCE” (1 095,59 mlrd so‘m) tizimli ustunlikka ega bo‘lib, bozorda yetakchilik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinlarni “BIRINCHI BANKLARARO DEPOZITARIY” (1 094,62 mlrd so‘m) va “TAT REESTR” (611,01 mlrd so‘m) egallagan. Ushbu ko‘rsatkichlar yirik korporativ va institutsional qarz portfellarini jalb qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mazkur vositachilarning infratuzilmaviy roli yuqori ekanligidan dalolat beradi.
✅Markaziy depozitariy bozorning barcha ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning xavfsiz, shaffof va xalqaro standartlarga mos tizimini ta’minlashda davom etadi.
RU🇷🇺 EN🇬🇧
📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Post #4242
1.51K

- ❤ 5
- 👍 3
- 🔥 1
- 👏 1
- 🏆 1