✍️✍️✍️✍️
🔝2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari: Top-10 investitsiya vositachisi (Aksiyalar kesimida)
📊 Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining hisobga olish tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yarim yilligining yakunlari bo‘yicha investitsiya vositachilarda hisobga olingan yuridik va jismoniy shaxs mijozlar hisobvaraqlarida aksiyalarning nominali bo'yicha umumiy qiymati 41 212,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
⏺Mijozlarning hisobda turgan aksiyalari umumiy qiymati bo‘yicha “Dalal standard” (8 556,83 mlrd so‘m) va “Kapital-depozit” (8 024,10 mlrd so‘m) tizimli ustunlikka ega bo‘lib, bozorda yetakchilik qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar yirik korporativ va institutsional portfellarni jalb qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida mazkur vositachilarning infratuzilmaviy roli yuqori ekanligidan dalolat beradi.
✅Markaziy depozitariy bozorning barcha ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning xavfsiz, shaffof va xalqaro standartlarga mos tizimini ta’minlashda davom etadi.
RU🇷🇺 EN🇬🇧
📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
Post #4239
1.74K

- 👍 4
- ❤ 2
- 👏 1
- 🏆 1