Markaziy depozitariy faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati korrupsiyaning oldini olishning eng samarali vositalaridan biridir.
🗣Shu maqsadda:
⏺faoliyatga oid ma'lumotlar o‘z vaqtida va to‘liq e'lon qilinadi;
⏺qarorlar qabul qilish jarayonining ochiqligi ta'minlanadi;
⏺fuqarolar hamda manfaatdor tomonlarning murojaatlari tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi.
🗣Jamoatchilik nazorati:
⏺mavjud muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlashga;
⏺xodimlar mas'uliyatini oshirishga;
⏺manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Markaziy depozitariy korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat tamoyiliga amal qiladi hamda o‘z faoliyatida halollik, ochiqlik va qonuniylik prinsiplariga qat'iy rioya etadi.
🔔 Agar Markaziy depozitariy faoliyati bilan bog‘liq korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa qonunbuzilishlarga duch kelsangiz, ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📞 +998 71 209 02 63
Ochiqlik — ishonch garovi, jamoatchilik nazorati esa korrupsiyaning oldini olishning samarali mexanizmidir.
RU🇷🇺 EN🇬🇧
📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin
