TGViewer
Channel Public Channel
UzCombinator

UzCombinator

@uzcombinator

UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Subscribers
8.38K
Photos
860
Videos
66
Links
226

Showing posts older than #466 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #465 5.93K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 19
  • 🤩 13
  • 👏 11
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
Post #464 5.17K
16:00 dan boshlab tanlab olingan startaplar bilan uchrashamiz. 🔥

@uzcombinator
  • ❤ 19
  • 👍 10
  • 🔥 4
Post #463 5.19K
  • ❤‍🔥 11
  • 🔥 3
Post #461 5.07K
Ro’yxatdan o’tish bugun 21:00 gacha ochiq ⏳

Natijalar esa 23:00 da e’lon qilinadi.

Ha aytgancha, Google formaga kichik o’zgartirishlar kiritdik — noqulaylik uchun uzr !🙏
(hammasiga admin aybdor )

@uzcombinator
  • ❤ 19
  • 🤩 11
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🎉 1
Post #460 4.83K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 31
  • ❤‍🔥 6
  • 👍 5
  • ⚡ 4
Post #459 5.24K
Siz bilan gaplashmaganimizga ancha bo‘ldi 👀

Endi esa siz va sizning startupingiz (hatto hali g‘oya bosqichida bo‘lsa ham)ni eshitish uchun har hafta Open Talk offline uchrashuvlarini yo‘lga qo‘ydik.

Shunday qilib, ertaga 16:00da 30 nafar tanlab olingan asoschilar bilan uchrashib, ularning startuplari bilan tanishamiz 🚀

📍 Manzil: UzCombinator
💬 Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul

Pastdagi link orqali ariza qoldirishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/1Njh8W2l8q7CCbzkErqW2ckMAzjCDDnXdSdUvkefKa20

@uzcombinator
Google Docs UzCombinator Open Talk Open talk at UzCombinator. 30 participants sharing their startup ideas. High-energy atmosphere and a nice talk with the UzCombinator team and other founders.
  • 🔥 16
  • ❤ 11
  • 👍 4
  • ⚡ 1
  • ❤‍🔥 1
Post #458 4.01K
Axx, 500 ta desak bo'lar ekan.🔥
  • 🔥 124
  • 🤩 11
  • ❤ 8
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #457 4.23K
Sizlar uchun bitta zo’r yangilik tayyorlab qo‘ydik! 👀

50 ta 🔥 bo‘lsa aytamiz!

@uzcombinator
  • 🔥 306
  • ⚡ 11
  • 👍 11
  • 🎉 6
  • ❤‍🔥 4
  • ❤ 3
  • 🤩 2
  • 🏆 2
  • 👏 1
Post #454 6.03K
Diqqat eng katta valyuta...

Bugungi kunda o'rtacha inson kuniga 6 soatdan ortiq vaqtini ekran oldida o'tkazadi. Har 20 soniyada diqqat chalg'iydi — bildirishnomalar, tablar, cheksiz feed'lar.

Tadqiqotlarga ko'ra, bir marta chalg'igan diqqatni qayta jamlash uchun o'rtacha 40 daqiqa kerak bo'ladi. Bu esa unumdorlikni pasaytiribgina qolmay, insonning ijodiy va intellektual salohiyatini ham susaytiradi.

Tasavvur qiling: brauzeringiz o'zi sizni chalg'ituvchi saytlardan himoya qilsa, diqqatingizni kerakli ishga yo'naltirsa va kun oxirida sizga qancha vaqtni samarali o'tkazganingizni ko'rsatsa — hayotingiz qanday o'zgarardi?
Aynan shu muammoni hal qilish uchun Flow yaratilgan.

Flow — bu Chrome extension bo'lib, foydalanuvchiga diqqatini bir joyga jamlashga yordam beradi. Oddiy, ammo kuchli vosita: chalg'ituvchilarni bloklaydi, diqqatingizni boshqarishingizda yordam qiladi va sizni haqiqatan muhim ishlarga qaytaradi.
Loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya taklifini oldi. Va tez kunda Mobil uchun ham ilova ishlab chiqilib test qilinayotgani aytilmoqda

@uzcombinator
  • ⚡ 21
  • ❤ 17
  • 🔥 9
  • 👍 6
Post #452 5.5K
Ana yangilik! 🔥

Jamoamiz a’zosi Durdona Axadovani Y Combinator Startup School dasturiga qabul qilingani bilan tabriklaymiz! 🎉

U yerda orttirgan bilim va tajriba orqali yanada katta natijalarga erishishiga ishonamiz.

@uzcombinator
  • 🔥 61
  • 👍 30
  • ❤ 16
  • ⚡ 6
  • ❤‍🔥 4
Post #449 5.29K
Influencerlar erasi boshlandi…

Bugungi kunda insonlarning diqqati eng qimmat valyutaga aylandi. Hozirda O‘zbekistonda 16 milliondan ortiq doimiy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mavjud.

Instagram, TikTok va Telegram kabi platformalarda reklama berish yoki shaxsiy brend qurish orqali sotuvlarni oshirish eng samarali yo‘llardan biriga aylandi.

Tasavvur qiling: internetdan deyarli uzilmaydigan auditoriya oldida influencerlar va UGC creatorlar sizning mahsulotingiz yoki kompaniyangiz haqida gapira boshlasa — bu qanday ta’sir qiladi?

Aynan shu muammoni hal qilish uchun Between yaratilgan.

Bugungi kunda Between’ning oylik aylanmasi $20,000 ga yetdi. Bu esa uni UzCombinator dasturining boshlanishiga nisbatan qariyb 100 baravar o‘sishga olib keldi.

Shuningdek, loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya jalb qildi.

Hozirda platformada 700 dan ortiq faol foydalanuvchilar mavjud.

@uzcombinator
  • ❤ 21
  • 🔥 12
  • 👏 10
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
Post #439 4.63K

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda

✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.

Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda:

1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi “Runway” dasturini yurtimizda “UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi.

2. NYU tadbirkorlik instituti vakili Kit Mauppa va Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.

3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi.

4. “Endeavor” tarmog‘i direktori Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

5. BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi.

#NyuYork #ECOSOC

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 12
  • 👍 7
  • 🤩 5
  • 👏 4
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🎉 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →