TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.38K subscribers
Post #454 6.03K
Diqqat eng katta valyuta...

Bugungi kunda o'rtacha inson kuniga 6 soatdan ortiq vaqtini ekran oldida o'tkazadi. Har 20 soniyada diqqat chalg'iydi — bildirishnomalar, tablar, cheksiz feed'lar.

Tadqiqotlarga ko'ra, bir marta chalg'igan diqqatni qayta jamlash uchun o'rtacha 40 daqiqa kerak bo'ladi. Bu esa unumdorlikni pasaytiribgina qolmay, insonning ijodiy va intellektual salohiyatini ham susaytiradi.

Tasavvur qiling: brauzeringiz o'zi sizni chalg'ituvchi saytlardan himoya qilsa, diqqatingizni kerakli ishga yo'naltirsa va kun oxirida sizga qancha vaqtni samarali o'tkazganingizni ko'rsatsa — hayotingiz qanday o'zgarardi?
Aynan shu muammoni hal qilish uchun Flow yaratilgan.

Flow — bu Chrome extension bo'lib, foydalanuvchiga diqqatini bir joyga jamlashga yordam beradi. Oddiy, ammo kuchli vosita: chalg'ituvchilarni bloklaydi, diqqatingizni boshqarishingizda yordam qiladi va sizni haqiqatan muhim ishlarga qaytaradi.
Loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya taklifini oldi. Va tez kunda Mobil uchun ham ilova ishlab chiqilib test qilinayotgani aytilmoqda

@uzcombinator
  • ⚡ 21
  • ❤ 17
  • 🔥 9
  • 👍 6
More from @uzcombinator
  1. Oct 14, 2026🏗 Qurilish bozori endi qo'lingizda! Qurilishda har kuni 10–30 ta ta'minotchi bilan qo'ng'…
  2. Oct 14, 2026🏆 AICA Awards 2026 Sun'iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startaplar taqdirlanadi! Markaz…
  3. Oct 14, 2026🚀️️️️️️20.000 obunachiga oz qoldi! UzCombinator Instagram sahifamiz 19.2K dan oshdi! 🎁 2…
  4. Oct 14, 2026Startup School'dagilar shuyoqdamisilar 👀️️️️️️
  5. Oct 14, 2026👀 Negadur anchadan buyon UzCombinator'da faqat jimlik Odatda katta to‘fon bo‘lishidan old…
  6. Oct 13, 2026💧Qishloq xo‘jaligida eng muhim qarorlar qanday qabul qilinadi? Fermer har kuni o‘nlab qar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →