Fermer har kuni o‘nlab qarorlar qabul qiladi: qachon sug‘orish, qancha suv berish, ob-havo o‘zgarishiga qanday moslashish va hosilni qanday saqlab qolish. Ammo bu qarorlar ko‘pincha tajriba, taxmin va tarqoq ma’lumotlarga asoslanadi.
Bir xil miqdordagi suv har kuni va har bir dalada bir xil natija bermaydi. Shunga qaramay, sug‘orish ko‘pincha dalaning ayni paytdagi holatidan ko‘ra odatiy jadvalga tayanadi. Keragidan ortiq yoki kam sug‘orish esa ortiqcha xarajatlar va hosilga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Fermerga yana bitta murakkab dastur emas, to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam beradigan vosita kerak. AmuFlow jamoasi aynan shu maqsadda ish boshladi!
📌 AmuFlow o‘zi nima?
AmuFlow — fermerlarga dala holatini kuzatish, sug‘orishni rejalashtirish va xo‘jalikni samaraliroq boshqarishda yordam beradigan AI asosidagi platforma:
• Dala haqida ma'lumot: Ob-havo, tuproq xususiyatlari, ekin tarixi va sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini birlashtirish.
• Aqlli sug'orish tavsiyalari: Ekinning suvga ehtiyojini baholash va sug‘orish vaqtini hamda miqdorini rejalashtirishga yordam berish.
• Xo'jalikning raqamli kundaligi: Sug‘orishlar, xarajatlar, dala kuzatuvlari va muhim qarorlarni bir joyda qayd etish — shunda fermer o‘z dalasi tarixini yo‘qotmaydi.
👉 Dala taxmin bilan emas, ma’lumot bilan boshqarilsa-chi?
AmuFlow — har bir qaror dalangiz uchun ishlasin!
#AgroTech #AmuFlow #SmartFarming #AI
⚡️ @uzcombinator






