TGViewer
UzCombinator UzCombinator @uzcombinator · 8.38K subscribers
Post #439 4.63K

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda

✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.

Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda:

1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi “Runway” dasturini yurtimizda “UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi.

2. NYU tadbirkorlik instituti vakili Kit Mauppa va Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.

3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi.

4. “Endeavor” tarmog‘i direktori Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

5. BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi.

#NyuYork #ECOSOC

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
  • ❤ 12
  • 👍 7
  • 🤩 5
  • 👏 4
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🎉 1
More from @uzcombinator
  1. Oct 15, 2026Channel photo updated
  2. Oct 15, 20261 dan keyin 2 keladi 👀️️️️️️ 2 dan keyin esa... ⚡️ @uzcombinator
  3. Oct 15, 2026🚀️️ Higgsfield AI bilan global hamkorlik yo'lga qo'yildi! 🤝 UzCombinator va Yoshlar Vent…
  4. Oct 15, 2026Hamkorlarimiz ro'yxatiga kimdur kamlik qilyaptida...👀️️️️️️ UzCombinator x ❓️️️️️️️ ⚡️ @u…
  5. Oct 15, 2026⏳ 2 oylik tanaffusdan so'ng uzoq kutilgan yangilik!!! 🚀️️️️️️ UzCombinator'da "Ochiqchasi…
  6. Oct 14, 2026🏗 Qurilish bozori endi qo'lingizda! Qurilishda har kuni 10–30 ta ta'minotchi bilan qo'ng'…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →