🚀️️ Higgsfield AI bilan global hamkorlik yo'lga qo'yildi!
🤝 UzCombinator va Yoshlar Ventures Higgsfield AI bilan global hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Bu degani endi UzCombinator rezidentlari va navbatdagi mavsum founder'lari uchun 90.000 kredit ajratilinadi🔥️️️️️️
🤔 Higgsfield AI o'zi nima?
Video, rasm va audio yaratish uchun generativ AI platforma. Bugun Higgsfield 5 milliard dollarlik kompaniya deb baholangan, ya'ni, hozirgi kunda 238 ta davlat va hududda 30 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega, har oy 20 milliondan ortiq kontent generatsiyasi uchun ishlatilinadi, 2026-yil avgustida DST Global rahbarligida 400 million dollar investitsiya jalb qildi
📌️️️️️️ Hamkorlik doirasida startaplarimiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishadi:
✔️Soul 2.0, ya'ni Higgsfield'ning o'z fotorealistik rasm modeli;
✔️Veo 3.1 va Kling 3.0 kabi yetakchi video modellar, bitta interfeysda;
✔️Supercomputer, ya'ni butun kreativ jarayonlarni avtomatlashtiradigan agentli mahsulot;
✔️90 000 kredit, taxminan 1 300 dan 2 200 gacha premium video generatsiyasiga teng.
Erta bosqichdagi kompaniya uchun bu butun yillik marketing kontenti, mahsulot demolari, reklama kreativlari va investor materiallari hisoblanadi.
⚡️ AI davrida g'oyani tez ko'rsata olgan startap yutadi. Shuning uchun biz asoschilarga sarmoya bilan birga eng kuchli kreativ texnologiyalarga ham yo'l ochamiz.
🤝 Bu hamkorlikni yo'lga qo'yganliklari uchun Yoshlar Ventures ga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!
⚡️ @uzcombinator
Post #1477
2.23K

- ❤ 20
- 🔥 16
- ⚡ 5
- 🎉 3
- 🏆 2