TGViewer
Channel Public Channel
UzCombinator

UzCombinator

@uzcombinator

UzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀

Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi?

- 45 kunlik intensiv dastur
- $1000 stipendiya
- $1.000.000 gacha investitsiya

3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Subscribers
8.52K
Photos
755
Videos
66
Links
218

Showing posts older than #1281 · Back to latest

Older Posts 9 shown
Post #1280 1.52K

Forwarded from Mutolaa

😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!

• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.

🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!

✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.


Mutolaa ilovasini yuklab oling
  • ❤ 4
  • 🔥 3
Post #1274 2.13K
🔥 Startaplar uchun kutilmagan moliyaviy imkoniyatlar!

Kuni kecha UzCombinator 2-mavsum asoschilarimiz uchun Lobar Abdullayeva bilan navbatdagi eksklyuziv master-klass bo'lib o'tdi 🚀

📌 Sessiya “Startaplar bilmaydigan jamg‘arma imkoniyatlari” mavzusiga bag'ishlanib, unda quyidagi muhim masalalar tahlil qilindi:

🔸Jamg'arma imkoniyatlari: Ko'pchilik bilmaydigan, lekin mavjud bo'lgan moliyaviy qo'llab-quvvatlash manbalari

🔸Murojaat jarayoni: Har bir manbaga qanday to'g'ri murojaat qilish kerakligi

🔸Amaliy qadamlar: Imkoniyatlardan real foydalanish yo'llari

Asoschilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, loyihalarini keyingi bosqichga olib chiqish uchun aniq qadamlarni belgilab olishdi. 🚀

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 6
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 3
  • 🎉 2
Post #1273 2.01K
🚀 O’zbekistondagi eng katta Mebelchilar Forumi

Bugun UzCombinator 1-mavsum startaplaridan biri Mebelim tomonidan O’zbekistondagi eng katta “Mebelchilar Forumi” bo’lib o’tmoqda! 🚀

Ushbu forumda mebel sanoatining eng yirik mutaxassislari, mashhur brendlar asoschilari va tajribali tadbirkorlari bir joyga jamlangan.

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • ❤‍🔥 2
Post #1271 1.99K
Bugun qanaqa kun ekanligi esingizdami? 🤔

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 5
  • 😁 5
  • ❤‍🔥 4
Post #1270 2.22K
🚀 VC Party Toshkentga qaytmoqda! 🇺🇿

Markaziy Osiyoning eng kuchli investorlari, startap asoschilari va texnologiya bozori yetakchilarini bir joyda jamlaydigan yilning eng yirik netvorking kechasiga tayyormisiz?

UzCombinator hamjamiyati uchun ham yangi hamkorliklar, investitsiyalar va foydali tanishuvlar eshigini ochuvchi VC Party 23-sentabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi! 🔥

📌 VC Party’da sizni nimalar kutmoqda:

• Kuchli venchur hamjamiyat: Markaziy Osiyo va xalqaro bozorning yetakchi vakillari
• Netvorking va investorlar: Venture capital fondlari, biznes-farishtalar va top-startap asoschilari bilan bevosita muloqot
• Yangi kelishuvlar: G'oyalaringiz uchun investitsiya va strategik hamkorlar topish imkoniyati
• Norasmiy atmosfera: Welcome drink’lar, sifatli muhit va DJ set 🥂🎶

Agar siz ham startap qurayotgan bo'lsangiz yoki loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqib, investorlar e'tiborini tortmoqchi bo'lsangiz, ushbu kechani o'tkazib yubormang!

📅 Sana: 2026-yil 23-sentabr
🕖 Vaqt: 19:00
📍 Aniq manzil chipta xarid qilingandan so‘ng taqdim etiladi*

🎟 Chiptalarni hoziroq band qiling: https://mostinvest.club/vcpartytashkent

⚡️ @uzcombinator
  • ❤ 9
  • 🔥 3
  • 🤩 3
Post #1263 2K
🚀 Videolaringizga subtitr qo'yishga soatlab vaqt sarflayapsizmi?

Video montaj qilib, subtitrga kelganda har bir so'zni qo'lda to'g'irlab soatlab vaqtingiz ketishidan charchadingizmi? "O'zbek tilini AI tushunmaydi" deb umidni uzgan bo'lsangiz, shoshmang…

⚡️ UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi Zohid aynan shu muammoga chek qo'yish uchun UzCaption platformasini yaratdi!

UzCaption nima va u qanday ishlaydi?

📌 UzCaption — o'zbek nutqini 98% aniqlikda matnga aylantirib, videolarga avtomatik subtitr joylaydigan sun'iy intellekt platformasi:

- Lokal AI dvigatel: O'zbek tilidagi o', g', tutuq belgilarini va imlo qoidalarini mukammal tushunadi.
- Ko'p qirrali integratsiya: Veb-sayt, Telegram bot va Adobe Premiere Pro plagini orqali to'g'ridan-to'g'ri mehnatingizni yengillatadi.
- Katta natijalar: Atigi 3 oy ichida 1 800+ foydalanuvchi va 6 000+ subtitrlangan video/audio!

Siz ham montaj va subtitrga soatlab vaqt yo'qotishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, UzCaption'ni hoziroq sinab ko'ring!

"Vaqtingizni subtitr qo'yishga emas, kontent yaratishga sarflang!"


💡Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?

O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥

⚡️ @uzcombinator
  • 🔥 24
  • ❤ 4
  • 😁 4
Post #1262 2.03K
🚀 UzCombinator x Speko

⚡️ UzCombinator startap ekotizimini rivojlantirish va rezidentlarimizga qulaylik yaratishda davom etadi!

Bugundan boshlab Y Combinator'ga qabul qilingan O'zbekistonlik startap Speko.AI bilan UzCombinator o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yildi🔥

Endilikda Speko.AI UzCombinator rezidentlariga o‘z platformasida voice agent (ovozli agentlar) qurish uchun $1.000 gacha bepul kreditlar taqdim etadi! 🎙️

📌 Bu hamkorlik asoschilarimizga nima beradi?

• Ovozli AI agentlar: Speko platformasi orqali startapingiz uchun eng aqlli voice agentlarni noldan qurish va ulash

• $1.000 gacha kredit: Sun'iy intellekt xizmatlari hamda ovozli texnologiyalar xarajatlarini tejang va bepul test qiling

• Avtomatlashtirish: Mijozlar bilan muloqot va qo'ng'iroqlarni AI orqali avtomatik, tezkor va professional yo'lga qo'yish

O'zbek startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlayotgani va asoschilarimizga jahon standartidagi AI texnologiyalarini taqdim etayotgani uchun Speko jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🤝

💡 Loyihangizga ovozli AI texnologiyalarini tatbiq etib, biznesingizni global bosqichga olib chiqing!

⚡️ @uzcombinator
  • ⚡ 6
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 🎉 1
Post #1261 1.45K

Forwarded from Yoshlar Ventures

AgroTech Demo Day - agro startaplar uchun katta imkoniyat!

🚜 O’zbekiston qishloq xo’jaligi katta bozor va katta imkoniyatlar maskani. Aqlli issiqxonalardan tortib, suvni tejash texnologiyalari, hosildorlikni oshirish yechimlari va agro mahsulotlarni eksport qilishgacha - bu sohada g’oyalar real biznesga aylanmoqda.

⚡️ “Yoshlar Ventures” jamg’armasi tashkil etayotgan AgroTech Demo Dayda tanlab olingan jamoalar o’z startaplarini bevosita investorlar va mehmonlar oldida taqdim etadi. Bu esa g’oyangizni haqiqiy investitsiyaga aylantirish uchun noyob imkoniyat!

🗓 Sana: 17-sentabr
🕐 Vaqt: 14:00 - 16:00
📍 Manzil: Yoshlar ishlari agentligi ofisi

⚠️ Joylar soni cheklangan. Oldindan ro’yxatdan o’tishni unutmang!

📎 Ro’yxatdan o’tish uchun havola

⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
  • ❤ 6
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →