Video montaj qilib, subtitrga kelganda har bir so'zni qo'lda to'g'irlab soatlab vaqtingiz ketishidan charchadingizmi? "O'zbek tilini AI tushunmaydi" deb umidni uzgan bo'lsangiz, shoshmang…
⚡️ UzCombinator 2-mavsum ishtirokchisi Zohid aynan shu muammoga chek qo'yish uchun UzCaption platformasini yaratdi!
UzCaption nima va u qanday ishlaydi?
📌 UzCaption — o'zbek nutqini 98% aniqlikda matnga aylantirib, videolarga avtomatik subtitr joylaydigan sun'iy intellekt platformasi:
- Lokal AI dvigatel: O'zbek tilidagi o', g', tutuq belgilarini va imlo qoidalarini mukammal tushunadi.
- Ko'p qirrali integratsiya: Veb-sayt, Telegram bot va Adobe Premiere Pro plagini orqali to'g'ridan-to'g'ri mehnatingizni yengillatadi.
- Katta natijalar: Atigi 3 oy ichida 1 800+ foydalanuvchi va 6 000+ subtitrlangan video/audio!
Siz ham montaj va subtitrga soatlab vaqt yo'qotishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, UzCaption'ni hoziroq sinab ko'ring!
"Vaqtingizni subtitr qo'yishga emas, kontent yaratishga sarflang!"
💡Siz hali ham qachon UzCombinatorga topshiraman deb o'ylab o'tiribsizmi?
O'ylab o'tirgandan foyda yo'q, hoziroq UzCombinatorga ariza topshiring. Bizda 3-mavsum uchun arizalar ochiq! 🔥
⚡️ @uzcombinator






