🔥 Startapingizga rostdan ham "Top of Mind" darajasidagi marketing kerakmi?
Bugun asoschilarimiz bilan navbatdagi amaliy va jonli sessiyamiz boʻlib oʻtdi!⚡️
Bu safar Marketingda 12 yillik tajribaga ega ekspert, 605 Kreativ Agentligi hammuassisi va Milliy Marketing Qo'mitasi raisi — Otabek Sharapov bilan birgalikda startaplar uchun eng og'riqli va dolzarb mavzulardan biri “Startaplar uchun marketing”ni tahlil qildik🚀
📌 Sessiya davomida shunchaki nazariya emas, balki real Keyslar va amaliy cheat-sheet'lar asosida quyidagi muhim nuqtalarga to'xtaldik:
• Top of Mind bo'lish: Mijozning xayolida birinchi bo'lish qoidasi va nima uchun vaqtinchalik chegirmalardan ko'ra uzoq muddatli kuchli brend qurish muhimligi.
• Reklamaning oltin qoidalari: Local madaniyatni tushunish, mijoz psixologiyasi va noodatiy kreativ yechimlar orqali bozordan ajralib turish san'ati.
• Aqlli byudjetlash (60/40 rule): Marketing kanallarini to'g'ri tanlash hamda startap resurslarini eng yuqori ROI beruvchi nuqtalarga taqsimlash.
Asoschilarimiz o'zlarining joriy marketing strategiyalarini qayta ko'rib chiqib, brending va kommunikatsiyaga bo'lgan qarashlarini butunlay o'zgartirishdi 🎯
Qimmatli keyslar va amaliy tajriba uchun spikerimizga minnatdorchilik bildiramiz! 🙌
⚡️ @uzcombinator
Post #1203
2.4K





- ❤ 10
- 🔥 1
- 🎉 1