🔥 UzCombinator x Sarbon Universiteti
🚀 Kuni kecha UzCombinator jamoasi Sarbon Universiteti vakillari bilan muhim hamkorlik uchrashuvini oʻtkazdi.
Muzokaralarning bosh maqsadi Sarbon Universitetdagi iqtidorli talabalar uchun Inkubatsiya va Akseleratsiya dasturini yoʻlga qoʻyish hamda oliygohda haqiqiy startap muhitini shakllantirishdir 🔥
📌 Ushbu hamkorlikdan nimani maqsad qilganmiz?
• Startap ekotizimini rivojlantirish: Universitet ichida innovatsion va startap muhitini jonlantirish;
• Yangi asoschilarni kashf qilish: Kuchli gʻoya va salohiyatga ega talabalarni aniqlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash;
• Amaldagi loyihalarni tezlashtirish: Mavjud startaplarning oʻsishini jadallashtirish, ularga mentorlik va resurslar taqdim etish.
Tez orada Sarbon Universiteti talabalari uchun amaliy imkoniyatlar va dasturga qabul e'lon qilinadi. Dastur tafsilotlarini oʻtkazib yubormaslik uchun kanallalarimizni kuzatib boring! 🚀
⚡️ @uzcombinator
Post #1196
2.43K





- ❤ 13
- 🔥 4
- 🎉 4
- 👍 1