TGViewer
UzChess UzChess @uzchesss · 20.6K subscribers
Post #16271 7.5K

Forwarded from Alisher Sadullaev

Davlatimiz rahbari shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.

– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!

– dedi Prezidentimiz.

Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bo‘lmagani ta’kidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam bo‘ldi.

– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,

– dedi davlatimiz rahbari.

G‘alabaga o‘z yurtimizda, xalqimiz ko‘z o‘ngida erishilgani unga alohida ma’no bag‘ishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz o‘yinlarni kuzatdi.

@alisher_sadullaev
  • ❤ 63
  • 👍 24
  • 🏆 11
  • 😁 4
  • 🔥 3
  • 💯 2
  • 👏 1
More from @uzchesss
  1. Sep 30, 2026O‘zbekiston vakillari FIDEda muhim lavozimlarga saylandi! 2004-yil FIDE jahon chempioni, g…
  2. Sep 30, 2026🚀3 ta CHANGAN dan biri sizniki boʻlishi mumkin? 🏆“Besh tashabbus” doirasida Zamonaviy ka…
  3. Sep 29, 2026Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi. @alisher_sadullaev
  4. Sep 29, 2026Келин ҳақида гап кетса, бўйдоқ йигитларнинг жилмайишини қаранг
  5. Sep 29, 2026Шавкат Мирзиёев шахмат олимпиадаси чемпионларини фахрий унвони билан тақдирлаб, Президент…
  6. Sep 29, 2026“Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da beraman” — Javohir Sindarov @alish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →