O‘zbekiston vakillari FIDEda muhim lavozimlarga saylandi!
2004-yil FIDE jahon chempioni, grossmeyster va taniqli murabbiy Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti bo‘ldi. Faxriy vitse-prezident lavozimi FIDE tizimiga yangi kiritilgan bo‘lib, Qosimjonov ushbu maqomga ega bo‘lgan to‘rt mutaxassis qatoridan joy oldi.
Hulkar Tohirjonova esa FIDEning Markaziy Osiyoni qamrab oluvchi 3.4-zonasi prezidenti etib saylandi. Ushbu zonaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston kiradi. Tohirjonova, shuningdek, FIDE arbitri va WFM unvoniga ega.
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
Post #16277
8.2K

- ❤🔥 78
- 👍 31
- 🔥 20
- ❤ 15
- 👏 2