*
Текст песни Kurgim Kelar
(в клипе выше ее исполняет Sevara Nazarkhan)
Umr oqmas bir tekisda tek
Kimlarnidir hasrat yengadi
Men toparman irodamni lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Hayot ko'hna dono muallim,
Sadoqatli do'st bo'lar o'lim
Garchi sizdan ayridir yo'lim,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzli,
Kun kutaman - nurafshon asli.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Goh sevgidan toshgan daryo siz,
Goh mehrga tashna sahro siz.
Men bilaman, siz ham tanhosiz,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Muhabbatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Siz-siz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Tun kutaman - oydin, yulduzli,
Kun kutaman - nurafshon asli.
Hey, dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
*
Post #366
1.59K
- ❤ 1