*
Oʼsha men edim…
Derazang yoniga qoʼndi kabutar
Ilkida oʼrogʼliq maktub bor edi.
Senga boqib turgan maʼyus koʼzlari,
Shu onda nedandir umidvor edi.
Sen esa pardani yopib qoʼyding jim,
Oʼsha men edim-ku, oʼsha men edim.
Koʼchaga chiqding sen bogʼ aylangani,
Daydi shamollarday xayoling tarqoq.
Bogʼ kezib yurarding shunda nogahon
Oyogʼing ostiga tushdi bir yaproq.
Oʼsha yaproq kabi sochilgandi kim?
Oʼsha men edim-ku, oʼsha men edim.
Bogʼda gullar terding avaylab asta
Nogoh qoʼllaringga sanchildi tikan.
Nozik qoʼling bilan sugʼurding uni
Deding “Shunday gulda tikan bor ekan”.
Senga talpingandi shu tikan , gulim,
Oʼsha men edim-ku, oʼsha men edim.
Soʼng qaytding uyingga oʼy surib sokin,
Deraza yoniga qoʼyding gullarni.
Tin olmoq dardida choʼkding toʼshakka
Va yigʼlab oʼqiding “Oʼtkan kunlar”ni.
Kimnidir oʼylading, koʼzlari sim-sim,
Oʼsha men edim-ku, oʼsha men edim.
*
Post #177
1.28K
- 👍 4