⚡️Shaxmat taxtasidan yashil maydonga: Olimpiadachilar futbol bahsida
Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.
“Dinamo” stadionida o‘tkazilgan futbol bahsi avvalida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va jamoalar juftligi aniqlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar yashil maydonda o‘zaro kuch sinashdi.
Murosasiz kechgan uchrashuvlarda olimpiada qatnashchilari nafaqat sport mahorati, balki jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini ham namoyon etdi. Tezkor hujumlar va keskin vaziyatlar futbol bahslariga alohida shukuh bag‘ishladi.
Mazkur musobaqa shaxmatchilarning jismoniy faolligini oshirish, navbatdagi shaxmat bahslari oldidan ularga yangi kuch va yuqori kayfiyat bag‘ishlashga xizmat qildi.
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Post #4576
1.19K









- 🔥 7
- ❤ 3
- 👏 3
- ⚡ 2
- 😍 1