Bugun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida dam olish kuni munosabati bilan barcha ishtirokchilar uchun Samarqand shahri bo‘ylab madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi
Ekskursiya dasturidan Samarqandning tarixiy va me’moriy obidalari — Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi hamda Registon maydoniga tashrif buyurish o‘rin olgan.
Turli mamlakatlardan Samarqandga tashrif buyurgan shaxmatchilar uchun ushbu ekskursiya shaharning boy tarixi, noyob me’moriy merosi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi nafaqat sport, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun ham muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Post #4558
6.16K










- 🔥 6
- ❤ 5
- ⚡ 1
- 👏 1
- 🤩 1
- 😍 1