TGViewer
UzA | Sport UzA | Sport @uzasport · 9.42K subscribers
Post #6397 1.7K
⭐️ Legionerlarimiz: Husanovning jamoasi PSJga yutqazdi, Mahamadjonov «Zenit»ga qarshi o‘ynadi, O‘runov esa penaltidan foydalana olmadi

14-oktabr kuni xorijiy klublarda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar navbatdagi rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etdi. Abduqodir Husanovning «Manchester Siti» klubi UEFA Chempionlar ligasida PSJga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Mahmudjon Mahamadjonov Rossiya kubogida «Zenit»ga qarshi maydonga tushdi. Igor Sergeyev va Oston O‘runov to‘p surayotgan «Persepolis» esa Eron chempionatida durang qayd etdi.

Abduqodir Husanov — UEFA Chempionlar ligasi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasini qabul qilib, 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mehmonlar birinchi bo‘limda Dezire Due, Usmon Dembele va Vitinyaning gollari evaziga uchta to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishdi.

Ikkinchi bo‘limda Erling Holand ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi. Biroq Magnes Akliushning 62-daqiqadagi goli PSJning g‘alabasini mustahkamladi.

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni «Manchester Siti»ning asosiy tarkibida boshladi.

Mahmudjon Mahamadjonov — Rossiya kubogi

Rossiya kubogining C guruhi 4-turi doirasida «Dinamo Mahachqala» o‘z maydonida Sankt-Peterburgning «Zenit» klubini qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mezbonlar 5-daqiqada Hamid Agalarovning penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni ochishdi. «Zenit» safida Kevin Andrade 36-daqiqada muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Amir Musayev mehmonlarning g‘alaba golini kiritdi.

Mahmudjon Mahamadjonov uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi tanaffusdan so‘ng, 46-daqiqada Temirkan Sundukov o‘rniga maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

Hamyurtimiz mazkur uchrashuvda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Igor Sergeyev va Oston O‘runov — Eron Pro-ligasi

Eron chempionatining navbatdagi turida «Persepolis» safarda «Xeybar» jamoasi bilan kuch sinashib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvni o‘zbekistonlik futbolchilar Igor Sergeyev va Oston O‘runov asosiy tarkibda boshlashdi.

Birinchi bo‘limning 34-daqiqasida «Persepolis» penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oston O‘runov 11 metrlik zarbani amalga oshirdi, biroq raqib darvozaboni uning zarbasini qaytardi.

Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida har ikki o‘zbekistonlik futbolchi almashtirildi. O‘runov o‘rniga Tivi Bifuma, Sergeyev o‘rniga esa Puriya Shahrabadi maydonga tushdi.

Shu tariqa, «Persepolis» safardagi uchrashuvda bir ochko bilan kifoyalandi.

Legionerlarimizning 14-oktabrdagi natijalari:

🇪🇺 UEFA Chempionlar ligasi
«Manchester Siti» 2:4 PSJ
👤 Abduqodir Husanov — asosiy tarkibda.

🇷🇺 Rossiya kubogi
«Dinamo Mahachqala» 1:2 «Zenit»
👤 Mahmudjon Mahamadjonov — 46-daqiqadan maydonda.

🇮🇷 Eron Pro-ligasi
«Xeybar» 0:0 «Persepolis»
👤 Oston O‘runov — 62 daqiqa, foydalanilmagan penalti.
👤 Igor Sergeyev — 62 daqiqa.

🏦O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport
  • ❤ 2
More from @uzasport
  1. Oct 15, 2026Behruz Karimov yevrokuboklarda debyut qildi, «Lugano» irodali g‘alabaga erishdi UEFA Konfe…
  2. Oct 15, 2026⚽️🇺🇿Superliga. 🔴"Qizilqum" 🔵"Andijon"ni yengdi, 🟡OKMK 🔵"Mash’al"dan ustun keldi Supe…
  3. Oct 15, 2026O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Behruz Karimov «Lugano» safida Konferensiyalar…
  4. Oct 15, 2026Ronaldu va Jezush yarashadimi? Elma Aveyru vaziyatga oydinlik kiritdi Portugaliya milliy t…
  5. Oct 15, 2026Ilya Sibirsev Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston rekordini yangila…
  6. Oct 15, 2026Saudiya Arabistoni JCH-2034 uchun beshta stadion qurish rejasidan voz kechishi mumkin Saud…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →