Shoir do'stimiz Rahmiddin Abrayevni ko'pchilik taniydi. Tanimaganlar qidirib o'qib ko'rishini tavsiya qilaman. 5 yil qamoqda o'tirdi. Yaqinda chiqibdi. To'satdan she'rlari oldimdan chiqdi. Yuragimga shunday kelib tegdiki... Bilasizmi, haqiqiy she'riyat ulog'i goh unga, goh bunga o'tib turadi. U hech kimda muqim qolmaydi. Kimgadir qaysidir lahzalarda boradi. O'qib turib, hozir asl she'r ulog'i ayni paytda Rahmiddinda ekan deb o'ylagandim. Lekin surati ... albatta men 5-6 yil oldin bilgan Rahmiddin emas. Yillar unga ta'sirini juda tez va ko'p o'tgazgandek tuyildi. Nima bo'lsa ham qamoq baribir qamoq. 5 yil ichida 3 marta jinoiy ish ochilibdi unga, 18 marta sud ko'ribdi. 20 ga yaqin advokat olibdi. Tushinganingizdek, dunyoning puli sovrilgan. U chiqqanda ancha qarzga botgan bo'lgan. Ustiga ustak sog'lig'i yomonlashib, ayni paytda hayot uchun xavfli dardni ham o'tkazmoqda. Uning operatsiyasiga ham pul kerak. Yomoni shu yillar ichida aliment to'lolmagani uchun mibdan 133 million qarzdor ekan. Ayni paytni aliment to'lovini yopmasa, qamoqqa qaytish xavfi bor yana.
Biz shundan xavotirdamiz. O'zi yaqindagi chiqqan, ustiga ustak sog'lig'i bunday odam...
Uni shunday qoldirmasligimiz kerak, bir inson o'laroq va qalam ahli, hamkasb o'laroq ham.
Do'stlar, ijodkorlar, adabiyotsevarlar, keling shoirimizga yordam beraylik
Пластик картаси ҳумо:
9860030307314747
Раҳмиддин Obrayev
P.s: postni maksimal tarqatishda yordam so'rayman🙏
Post #7529
176
Forwarded from Hid Gallyutsinatsiyasi (Tillajon)
- ❤🔥 5