Men ishqimni sir tutadirman
Gʻunchalarga berkitadirman
Gʻuncha tongda ochilib ketar
Ishq olamga sochilib ketar...
Kim u kelgan, shamolmi daydi?
U ishqimni alday boshlaydi.
Ayt, shamolga, ayt, nari tursin,
Oh, shamolning betlari qursin.
Men ishqimni sir tutadurman,
Shabnam ichra berkitadurman,
Shabnam tongda so‘kilib ketar,
Ishq olamga to‘kilib ketar.
Kim u kelgan, xayolmi daydi?
U ishqimni avray boshlaydi.
Ayt, xayolga, ayt, nari tursin.
Oh, xayolning yuzlari qursin.
Men ishqimni sir tutadurman,
Bilmam, qayga berkitadurman?
Olim Tosh
@usmonosphere
Post #7511
280

- ❤🔥 5
- 🔥 1
- 😁 1
- 🤣 1