TGViewer
Channel Public Channel
Urganch Yoshlar Texnoparki

Urganch Yoshlar Texnoparki

@urganch_yoshlar_texnoparki

Kurslarga yozilish uchun biz bilan bog'laning
+998 62 227 71 70
+998 77 969 50 05
Subscribers
893
Photos
521
Videos
49
Links
185
Recent Posts 4 shown
Post #682 55
#Foto_lavha

Jahon banki loyiha koordinatorlari “INVASIVE TRAINING BI-1” MCHJda

Jahon banki loyiha koordinatorlari “INVASIVE TRAINING BI-1” MCHJ konsalting korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga korxona faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlar, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro tajribani joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #676 616
#Foto_lavha

InnoX dasturi doirasida navbatdagi mashg‘ulot

Urganch Yoshlar Texnoparkida InnoX dasturi doirasida yoshlar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga dastur yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berilib, yoshlarning o‘z ustida ishlashi, yangi bilimlarni egallashi hamda zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Dars jarayoni interaktiv va amaliy tarzda tashkil etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar hamda faol ishtirok etdilar.

InnoX dasturi — yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish sari navbatdagi muhim qadam.
  • ❤ 2
  • 😇 1
Post #672 77
#Foto_lavha

“Mohirlik va biznes soati” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari

Gurlan tumanidagi 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Mohirlik va biznes soati” tadbiri doirasida “O‘zbekistonda startap ekotizimi va startaplarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda Urganch yoshlar texnoparki direktori B. Kurbaniyazov tomonidan o‘quvchilarga startap tushunchasi, innovatsion g‘oyani shakllantirish, uni amaliyotga tatbiq etish bosqichlari hamda O‘zbekistonda yoshlarning startap va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.


Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etilib, ularning o‘z g‘oyalarini ilgari surishi va zamonaviy yechimlar taklif etishiga alohida e’tibor qaratildi
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #665 100
#Foto_lavha

🏹 Sport — sog‘lom hayot va faol jamoa garovi!

Urganch Yoshlar Texnoparki jamoasi xodimlari sog‘lom turmush tarziga amal qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida muntazam ravishda turli sport mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelmoqda.

Navbatdagi mashg‘ulot esa o‘ziga xosligi bilan ajralib turdi — xodimlar kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. 🏹

Bunday sport mashg‘ulotlari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, diqqatni jamlash, aniqlik, sabr-toqat va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Zero, sog‘lom xodim — faol jamoa, faol jamoa esa yuqori natijalar garovidir!
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 😇 1
Older posts →

About this channel

How can I read @urganch_yoshlar_texnoparki without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Urganch Yoshlar Texnoparki: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Urganch Yoshlar Texnoparki have?
Urganch Yoshlar Texnoparki (@urganch_yoshlar_texnoparki) has 893 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Urganch Yoshlar Texnoparki know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →