InnoX dasturi doirasida navbatdagi mashg‘ulot
Urganch Yoshlar Texnoparkida InnoX dasturi doirasida yoshlar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga dastur yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berilib, yoshlarning o‘z ustida ishlashi, yangi bilimlarni egallashi hamda zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishiga alohida e’tibor qaratildi.Dars jarayoni interaktiv va amaliy tarzda tashkil etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar hamda faol ishtirok etdilar.
InnoX dasturi — yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, yangi imkoniyatlarga yo‘l ochish sari navbatdagi muhim qadam.





