TGViewer
Channel Public Channel
Urganch Yoshlar Texnoparki

Urganch Yoshlar Texnoparki

@urganch_yoshlar_texnoparki

Kurslarga yozilish uchun biz bilan bog'laning
+998 62 227 71 70
+998 77 969 50 05
Subscribers
893
Photos
521
Videos
49
Links
185

Showing posts older than #665 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #664 72
#video_lavha

Urganch Yoshlar Texnoparki jamoasi xodimlari kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. 🏹

Ushbu jarayondan video lavha
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 🥰 1
Post #663 59

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#startap

Nurobodda yer osti suv resurslarining interaktiv gidrogeologik xaritasi yaratildi


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 636 mln so‘m miqdorida moliyalashtirilgan “Nurobod tumani yer osti suvli qatlamlarining interaktiv gidrogeologik xaritasini ishlab chiqish” startap loyihasi doirasida amaliy natijaga erishildi.

Loyiha doirasida Nurobod tumanidagi yer osti suvli qatlamlari haqidagi ma’lumotlarni raqamli shaklda tizimlashtirish va ulardan foydalanishni qulaylashtirish imkonini beruvchi interaktiv gidrogeologik xarita ishlab chiqildi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #662 41

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#diqqat_tanlov

❗️❗️❗️❗️❗️

Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlovga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalariga asoslangan loyiha talabnomalari qabul qilinadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-son Farmoniga asosan eʼlon qilinmoqda.


✅ Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar Ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va tijoratlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish axborot tizimi (tijorat.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 21-sentabr kuni soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #661 38

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#diqqat_tanlov

Ulushli moliyalashtiriladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi 13-sentabrga qadar davom etadi!

Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:
1. Farmakologiya va farmatsevtika fanlari;
2. Biologiya va biotexnologiya fanlari;
3. Tibbiyot fanlari;
4. Iqtisodiyot fanlari;
5. Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari;
6. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya va nanotexnologiya fanlari;
7. O‘rmon xo‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari;
8. Veterinariya va chorvachilik fanlari;
9. Yer to‘g‘risidagi fanlar;
10. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari;
11. Matematika, fizika va mexanika fanlari;
12. Texnika fanlari;
13. Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari.

Tanlovga taqdim etiladigan loyiha.ilmiy.uz orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #660 78
🚀 National AI Hackathon – Xorazm viloyati bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

17–20-sentabr kunlari National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi!

Agar sizda sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yechim topish g‘oyasi bo‘lsa — uni amalga oshirish uchun ayni vaqt!

🗣️ Xorazm viloyati bosqichi treklari:
- Farmatsevtika va sog’liqni saqlash
- Ta’lim
- Tadbirkorlik
Maxsus nominatsiyalar:
- Eng qiziqarli taqdimot
- Eng dolzarb ijtimoiy loyiha


Bu shunchaki hackathon emas — yangi bilim, tajriba va kelajakdagi imkoniyatlar sari qadam!

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
• 16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar;
• Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
• Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilar;
• Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart;
• Faqat tasdiqlangan arizaga ega nomzodlar qatnashadi;
• Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq:
eventflow.uz
  • 😇 1
  • 🤝 1
Post #657 191
🇺🇿 O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda

O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi.
StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.

📈 Global reytingdagi dinamika:
— 2023-yil — 111-o‘rin
— 2024-yil — 110-o‘rin
— 2025-yil — 98-o‘rin
— 2026-yil — 79-o‘rin

Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi.

Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi.

Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi.

Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan.

227,3 foizlik o‘sish — shunchaki raqam emas. Bu mamlakatda startaplar, texnologik tadbirkorlik va innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasidagi jarayonlar xalqaro reytinglarda ham o‘z aksini topayotganini ko‘rsatadi.

➡️ Manba: StartupBlink, Global Startup Ecosystem Index 2026.
StartupBlink — Global Startup Ecosystem Index 2026

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
  • ❤ 1
  • 😇 1
Post #656 110
#Video_lavha

Gurlan tumanida "InnoX" dasturi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Ushbu jarayondan video lavha
  • 😇 2
Post #655 191
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin!

🎗 Urganch Yoshlar Texnoparki jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

🕊 Mustaqillik — xalqimizning bebaho boyligi, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. 35 yil davomida yurtimiz taraqqiyot, bunyodkorlik va yangilanish yo‘lidan dadil odimlab, ulkan marralarni zabt etib kelmoqda.

✨ Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-saodat hamda barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz!
  • 👍 1
  • 😇 1
Post #647 281
#Taqdirlash_marosimi

Gurlan tumanida "InnoX" dasturi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi


Gurlan tumanida "InnoX" innovatsion o'quv dasturi doirasida maxsus reestrga kiritilgan yoshlar o'quv bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. Shu munosabat bilan bitiruvchilarga bag'ishlangan taqdirlash tadbiri tashkil etildi.

Dastur talablarini to'liq bajargan va o'quv jarayonlarida faollik ko'rsatgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg'alari topshirildi


Hududlarda iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash ushbu dasturning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
  • 👍 2
Post #646 126
#Video_lavha

Gurlan tumanida kam ta’minlangan oilalar farzandlarini INNO X dasturi doirasida o'qitish bo'yicha navbatdagi dars bo'lib o'tdi

Ushbu jarayondan videolavha
Post #633 304
#Foto_lavha

🔔Gurlan tumanida kam ta’minlangan oilalar farzandlarini INNO X dasturi doirasida o'qitish bo'yicha navbatdagi dars bo'lib o'tdi. Navbatdagi uchrashuv davomida o'quvchilarga quyidagi mavzularda darslar o'tildi:

G‘oyadan MVP (dastlabki mahsulot) gacha: Muammoni topish va uni minimal xarajat bilan sinovdan o‘tkazish;
Investorlar nimaga e’tibor beradi: Investor va hamkorlar bilan foyda va vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash;
Sun’iy intellekt va "Aqlli boshqaruv" tizimlari: Ta’lim va ishda neyrotarmoqlardan kundalik yordamchi sifatida foydalanish
✅IT sohasidagi imkoniyatlar xaritasi. Dasturlash, dizayn, BPO va yoshlar uchun ta'lim grantlari.

Mazkur tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun ta’lim imkoniyatlarini yaratish, ularning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakda malakali va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

💬Telegram |😀YouTube |😀Instagram
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →