TGViewer
UrDU • УрГУ • UrSU UrDU • УрГУ • UrSU @urdu_pressa · 16.1K subscribers
Post #88495 2.24K

Forwarded from Edu.uz

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 6
  • 🔥 5
  • 👍 1
  • 😍 1
More from @urdu_pressa
  1. Oct 16, 2026Turkiya | Anqara, Istanbul | oktabr, 2026 — Турция | Анкара, Стамбул | октябрь, 2026
  2. Oct 16, 2026#Til_bayrami | #UrDU_liderlari 🇺🇿 Urganch davlat universitetining iqtidorli talabalarida…
  3. Oct 16, 2026#Talaba_ijodidan ✍️"Ezgulik" gazetasining navbatdagi sonida Urganch davlat universiteti Fi…
  4. Oct 16, 2026🏛UrDUda intellektual mulkni huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tk…
  5. Oct 16, 2026#Talaba_ijodidan 📹Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mening un…
  6. Oct 16, 2026🏛 Ta’lim sifati va dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi o‘rganilmoqda Abu Rayhon Beru…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →