🏛 Ta’lim sifati va dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi o‘rganilmoqda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish hamda dars mashg‘ulotlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan tizimli o‘rganishlar davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Raximov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘ayrat Matlatipov tomonidan Tarix va huquq hamda Filologiya fakultetlarida olib borildi.
Jarayon davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi, professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, talabalarning darslardagi ishtiroki va faolligi hamda o‘quv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.
O‘quv jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #88564
1.65K










- 👍 7
- 🔥 3
- 👏 2