Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Atamuratov, Ixtiro va foydali modellar xizmati rahbari I.Abduqodirov, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish xizmati bosh maslahatchisi J.Shamshetov, Tijoratlashtirishga ko‘maklashish xizmati Xorazm viloyati filiali bosh maslahatchisi A.Abdusharipov, shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturiy ta’minot yaratuvchilar hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilishga qiziquvchi bir guruh iqtidorli talabalar faol qatnashdilar.
Seminar davomida ixtirolarni patentlash, patent-axborot qidiruvi, mualliflik huquqini himoya qilish, EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarini deponentlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube









