TAʼZIYA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetining Dorivor o‘simliklar, mevachilik-sabzavotchilik kafedrasida uzoq yillar faoliyat olib borgan ustoz, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, ilm-fan va ta’lim fidoyisi Jumaboy Kuchkarovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Jumaboy Kuchkarov o‘zining ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati davomida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, agrar tarmoq salohiyatini yuksaltirish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan. Uning boy hayotiy tajribasi, kasbiy mahorati va ezgu ishlari xotiralarda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning oxirati obod, joylari jannatdan bo‘lsin.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #88484
3.38K

- 😢 67
- 🕊 23
- ❤ 11