🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Markaziy Rossiya boshqaruv instituti direktori o‘rinbosari, professor Viktor Anatolyevich Livtsov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda institut rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdi.
Muloqot davomida ta’lim va ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or akademik tajribalarni o‘rganish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube





