#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya
🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika instituti Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Urganch davlat pedagogika instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi o‘rtasida xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Memorandum institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda institut direktori o‘rinbosari Viktor Livtsov ishtirokida imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
Post #44859
871




- 👍 4
- 🔥 3
- ❤ 2
- 👏 1