🤩 “Ma’rifat ulashib” — ijodkorlar bilan uchrashuv!
Urganch davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimiz ardog‘idagi ijodkorlar bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda quyidagi ijodkorlar ishtirok etadi:
— Habib Abdunazar — nazm va nasrda ijod qiluvchi adib, “Dil mehrobi”, “Dashtdagi olov” va “Shamol aytgan qo‘shiq” kitoblari muallifi;
— Ashurali Boymurod — “Shuhrat” medali sohibi, “Mirzo Bobur” dostoni, “Onaginam” she’riy romani va “Uchinchi uyg‘onish” kitobi muallifi;
— Niyatullo Elbek o‘g‘li — shoir va tarjimon, “Ko‘nglimdagilar” she’riy to‘plami muallifi.
🗓 Vaqti: 4.11.2026
📍 Manzil: Urganch davlat pedagogika instituti asosiy binosi, Anjumanlar zali.
Barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni mazkur adabiy uchrashuvga taklif etamiz!
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #44867
1.49K

- ❤ 1