TGViewer
UrDPI • УрГПИ • UrSPI UrDPI • УрГПИ • UrSPI @urdpi_uz · 6.28K subscribers
Post #44843 641
#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya

🤩 Urganch davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi vakili tashrif buyurdi

🇺🇿🇷🇺 Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Markaziy Rossiya boshqaruv instituti direktori o‘rinbosari, professor Livtsov Viktor Anatolyevich tashrif buyurdi.

Dastlab, mehmon institut hududi va mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida oliy ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng, rektor v.b., professor Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi institut mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro ta’lim loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt ✅ Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube
  • 🔥 1
More from @urdpi_uz
  1. Oct 10, 2026#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya 📹 VIDEOLAVHA 🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika instituti R…
  2. Oct 10, 2026#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya 📹 VIDEOLAVHA 🤩 Urganch davlat pedagogika institutiga Rossi…
  3. Oct 10, 2026#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya 🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika instituti Rossiya Federat…
  4. Oct 10, 2026#xalqaro_hamkorlik | #Rossiya 🇺🇿🇷🇺 Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →